"Har bir kasb — o‘z ustozlari bilan qadrlidir."
Siz ham o‘rganishni eng yuqori darajada,
asoschilar, tajriba egalaridan boshlang!
Biz siz bilan:
🔹 30 mingdan ortiq muvaffaqiyatli operatsiyalar orqali to‘plangan amaliy bilimlar,
🔹 Yillar davomida yeg’ilgan tajriba va xatolar yechimlari,
Bu yo‘l sizga qisqa vaqt ichida nafaqat nazariyani, balki amaliy mahoratni ham beradi.
O‘rganing. So‘rashingiz mumkin bo‘lgan eng to‘g‘ri manba — ustozlardan.
FESS – Boshlang‘ich daraja (Basic Level)
Ushbu ikki kunlik kadaver kursi FESS amaliyotida yangi boshlayotgan LOR shifokorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, real sharoitda endoskopik asboblar bilan ishlash va paranazal bo‘shliqlar anatomiyasini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
Asosiy mavzular:
FESS – Yuksak daraja (Advanced Level)
Bu kurs murakkab LOR patologiyalar (kalla poyasi, gipofiz, orbitadagi muammolar) bo‘yicha chuqur bilim va ilg‘or jarrohlik ko‘nikmalarini shakllantirishga mo‘ljallangan.
Timpanoplastika: Zamonaviy Yondashuvlar
Ushbu kursda quloq rekonstruktiv jarrohligida ilg‘or mikroskopik va endoskopik usullarni real amaliyotda o‘rganishga qaratilgan. Kurs eshitish funksiyasini tiklash va hayot sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.
Rinoplastika – Estetik va funksional yondashuvlar
Burun estetikasi va nafas olish funksiyasini tiklashni uyg‘unlashtirgan zamonaviy rinoplastika texnikalari. Kurs davomida ishtirokchilar kadaverda ochiq va yopiq rinoplastika texnikalarini o‘rganadilar.